Qoraqalpog’iston Respublikasi Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan press turda 15 dan ziyod ommaviy axborot vakillari ishtirok etishdi.

Press – tur ishtirokchilari A-380- «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo’lining 964—1204-kilometr qismlarida olib borilayotgan yo’l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.

✅ Ma’lumot uchun:

  • qurilish ta’mirlash ishlari mobaynida avtomobil yo’lining jami 240 kilometr uzunlikdagi yangi yo’l qurilish rejalashtirilgan bo’lib, ayni damda 136 kilometrida qurish ishlari yakunlangan.

Press – tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari yo’l qurilish jarayonlarida faoliyat yuritayotgan kompaniya mas’ullari bilan yuzma-yuz uchrashib, sinov- laboratoriya ishlarining olib borilish tartibi va yo’lsozlarning mehnati, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni kuzatishdi.

Shuningdek, jurnalistlar mazkur Press-turning ikkinchi kunida A-380-avtomobil yo’lining 753-kilometr qismida qurilayotgan vazn nazorati punktida bo’lib, olib borilgan qurilish ishlari va nazorat punktining afzallik taraflari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi.

???? Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’ylab olib borilgan Press-turda O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasida amaliyot o’tayotgan Toshkent davlat Transport universitetining bir guruh talaba yoshlari ham faol ishtirok etib hududdagi qurilish-ta’mirlash ishlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari holati bilan tanishdi.