Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bu tosh emas, tuproq yo‘l” – Amudaryodagi maktab oldidagi tuproq yo‘ldan aholi norozi (https://t.me/effectuz/74788)” sarlavhali video murojaatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Videoda tasvirlangan yo‘l Amudaryo tumani “Qoramon” MFY hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi 4K-45 avtomobil yo‘li bo‘lib, yo‘lning jami uzunligi 18 km tashkil qilgan. Shu yili “Open budjet” davlat dasturining birinchi bosqichi asosida yo‘lning  1 390 metr qismini asfalt qilish ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari “Doniyor avto servis MChJ” tomonidan 26-iyul kuni boshlangan bo‘lib, shu yilning sentyabr oyi o‘rtalariga yo‘l qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari loyiha-smeta hujjatlari talabi asosida  davom etayotganligini, to‘liq o‘z nihoyasiga yetmaganligini ma’lum qilamiz.