
Ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4N-102 “To‘rtko‘l shahri – Bazirgan paxta punkti-Yambashqal’a massivi-Qirqiz ovuli” avtomobil yo‘lida paydo bo‘lgan nosozliklar bo‘yicha murojaatlar tarqalgan edi. Bugungi kunda ushbu murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan ijobiy hal etilib, ushbu avtomobil yo‘lida joriy ta’mirlash ishlari boshlandi. Ta’mirlash ishlari rejali grafik asosida To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 65-70 km oralig‘ida olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlariga jami 5 ta maxsus texnika, 15 ta ishchi jalb qilingan.