Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 795,5 km qismidagi ko‘prikni qayta qurish ishlari boshlandi. Ushbu ko‘prik avariya holatiga kelib qolgan bo‘lib, avtotransport boshqaruvchilariga noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan edi. Bugun esa ushbu noqulayliklar oldi olinib, ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlariga 1,2 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, pudratchi tashkilot Taxiatosh tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.