Prezidentimizning 2020-yil 11-noyabrda qabul qilgan 4889-son qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bir qator infratuzilma obyektlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

✅ Xususan, Mo‘ynoq tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega 4N110 «Mo‘ynoq sh. — Orol dengizi pristani» avtomobil yo‘lining 5 km qismini asfalt qilish belgilangan. Hozirgi kunda ushbu avtomobil yo‘lining 0—4-km lar oralig‘ida qurilish ishlari davom etmoqda. Qurilish ishlariga jami 5 ta maxsus texnika, 15 nafar ishchi-xodimlar jalb qilingan. Shu bilan birga, qurilish ishlari davomida ko‘chaning ikki tomoniga piyodalar yo‘li qurilib, tungi yoritish uskunalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

✅ Bu ishlar natijasida hudud aholisi uchun qiyinchilik tug‘dirib kelgan avtomobil yo‘li muammosi o‘z yechimini topib, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari yaxshilanadi.