✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti.

🟠 Xususan, joriy yilgi belgilangan reja asosida Qipchoq YMFDM tomonidan xalqaro ahamiyatdagi A380 ” G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lining 809—814-km qismida BDO-3 beton to‘siqlarni o‘rnatish, yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish ishlari olib borilmoqda.

➡️ Magistral avtomobil yo‘llarida bunday to‘siqlar yo‘l tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, haydovchilar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.