
Ijtimoiy tarmoqlarda “Amudaryodan gapiramiz: Yo‘llar chuqur, g‘adir-budur o‘tolmayman yor yor” sarlavhali video murojaatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Yuqoridagi murojaat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu avtomobil yo‘li davlat ahamiyatga ega 4R181 “A380 G’uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu (717 km) avtomobil yo’lidan-Qipchoq-Mang’it-Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘li bo‘lib, umumiy uzunligi 36 km ni tashkil qiladi. Ushbu avtomobil yo‘lida bugungi kunda Amudaryo TYFDM tomonidan 21-23 km qismida paydo bo’lgan nuqsonlarni yo’l frezasi yordamida kesib olib, o’rniga yangidan asfalt yotqizish ishlariga tayyorlash (joriy ta’mirlash, saqlash) ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, avtomobil yo‘lini kapital ta’mirlash maqsadida davlat dasturlariga kiritish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan tegishli takliflar kiritilganligini ma’lum qilamiz.