Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaatga (https://t.me/nuritdinovblog/14080) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Videoda A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 964-1204 km ekspluatatsiyaga topshirilmasdan, katta yuk tashuvchi avtomashinalardan pul evaziga yangi qurilgan avtomobil yo‘lidan harakatlanishga yo‘l qo‘yilayotganligi haqida bo‘lib, bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llar bosh boshqarmasi o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish ishlariga muvofiq ushbu ma’lumotlar asossiz ekanligi, avtomobil yo‘lida qurilish ishlari yakunlanmaganligini ma’lum qilamiz. (https://t.me/avtoyulqumita/73651)

Hurmatli avtotransport boshqaruvchilari!

Sizlardan tegishli yo‘l belgilariga amal qilib, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda harakatlanishingizni so‘rab qolamiz. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq yurituvchilaridan yolg‘on, aniq tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasligini so‘raymiz. Bu turdagi ma’lumotlarni tarqatish, tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati