Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaatga (https://t.me/nuritdinovblog/14042) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Ushbu video Xalqaro ahamiyatga ega A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 795.5 km “Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish” dasturi asosida ta’mirlanayotgan ko‘prikning aylanib o‘tish yo‘li (объезд) deb ko‘rsatilgan. Bugungi kunda ko‘prikda qurilish ishlari 80% ga yakunlangan. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil yo‘lining 4.1.1 Harakatlanish to‘g‘riga, 1.23 Ta’mirlash ishlari va 3.4. Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan yo‘l belgilari qo‘yilib, 4R171D “Xo‘jayli shahriga kirish” avtomobil yo‘lidan aylanma yo‘l tashkil etilganligini, ko‘prik yonida aylanma yo‘l tashkil qilinmaganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli avtotransport boshqaruvchilari!

Sizlardan tegishli yo‘l belgilariga amal qilib, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda harakatlanishingizni so‘rab qolamiz. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq yurituvchilaridan yolg‘on, aniq tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasligini so‘raymiz. Bu turdagi ma’lumotlarni tarqatish, tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.