Hurmatli yurtdoshlar!

Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Bugun o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Tilimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish nafaqat ushbu kunni munosib nishonlash, balki tilning sayqallanishi, sof o‘zbek tilining avlodlarimizgacha yetib borishiga o‘z hissamizni qo‘shish bilan namoyon bo‘ladi, desak adashmagan bo‘laman.

Shu munosabat bilan milliy g‘ururimiz-o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun “21-oktyabr -o‘zbek tili bayrami” munosabati bilan siz azizlarni, siz orqali barcha vatandoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov