Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan (https://t.me/nuritdinovblog/14409) video murojaatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Ushbu holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish ishlariga muvofiq yuk tashuvchi avtomobillarning me’yordan ortiq yuk bilan harakatlanishining oldini olish Transport nazorati inspeksiyasi vakolatiga kiritilgan. Bunday holatlarning oldini olish, me’yordan ortiq yuk bilan harakatlangan avtotransport vositalarini tekshirish Transport nazorati inspeksiyasi vakolati ekanligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli haydovchilar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda me’yorlar belgilangan. Mazkur me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi hamda transport vositasi saqlash uchun vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin.

Ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, ushbu avtomobil yo‘li 25-oktyabr kuni foydalanishga topshirilgan edi. Avtomobil yo‘lining qurilishiga 383,4 mln AQSH dollari sarflanib, 3 yil mobaynida chet el kompaniyalari tomonidan qurildi. Oldimizda esa, ushbu avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligiga rioya qilib, me’yordan ortiq yuk ortmasdan, yo‘limizni asrab-avaylash mas’uliyati turibdi. Zero, yo‘l hammamizniki.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish: @qaraqalpaq_avtojol