
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabr kuni “Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarori qabul qilindi.
Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan stasionar va ko‘chma shoxobchalar (keyingi o‘rinlarda-o‘lchov-nazorat shoxobchalari) o‘rnatish va ulardan foydalanish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi.
O‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni elektron onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga yigirma yil muddatga ijara asosida va boshqa tadbirkorlik sub’yektiga o‘tkazish huquqi bilan beriladi.
Ushbu qaror asosida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan “Tarozilarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi” nizom, elektron onlayn auksion savdolarga quyish uchun o‘lchov-nazorat shaxobchalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) tasliqdangan.
(https://lex.uz/uz/pdfs/7180916)