Respublikamizda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Nafaqat xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yo‘llarida, balki ishki xo‘jalik yo‘llarida ham keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Xo‘jayli tumani “Sobiq” MFY Shirin ko‘chasining 890 metr qismiga asfalt yotqizilayotgani so‘zimizning dalili desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qurilish ishlari “Qo‘ng‘irot Izvest Invest” MChJ tomonidan olib borilib, bu ishlarga jami 7 ta maxsus texnikalar va 15 nafar malakali ishchilar jalb qilingan. Bundan tashqari bugungi kunga kelib Xo‘jayli tumanida 9.2 km ichki xo‘jalik yo‘llari shag‘allashtirish ishlari amalga oshirildi. Albatta, bu amaliy ishlar aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish, infratuzilmani yanadan oshirish uchun olib borilayotgan ishlarning biridir.