
Bugungi kunda ichki xo’jalik yo’llarini ta’mirlash, aholiga qulayliklar yaratish, mahalla infartuzilmasini yaxshilash bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xo’jayli tumani “Madaniyat” MFY hududidagi Turkiston ko’chasining 910 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari “Qo‘ng‘irot Izvest Invest” MChJ tomonidan olib borilib, bu ishlarga 8 ta maxsus texnikalar va 16 nafar ishchilar jalb qilingan.