Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://t.me/antikorruz/33660) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Yuqoridagi murojaat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tegishli o‘rganish ishlarini olib bordi. Ushbu avtomobil yo‘li mahalliy ahamiyatga ega 4N116 “4R182 a/yo‘li (50 km) dan – Guldursun ovuli -Qirqqiz ovuli -Bahoriston ovuliga” avtomobil yo‘li bo‘lib, yo‘lning umumiy uzunligi 59 km ni tashkil qiladi. Haqiqatan ham, avtomobil yo‘li bugungi kunda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. O‘rganish ishlariga muvofiq ushbu avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun 2025-yilda tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha takliflar berilganligini ma’lum qilamiz.