
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga amal qilish, hayotimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.
❤️Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📍Tadbirda Boshqarma bosh yuristi G‘ayrat Yakupov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi bosh yuristi Umida Rahmonova so‘zga chiqib Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni, mazmun-mohiyati, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan ustuvor maqsad va tamoyillar haqida to‘xtalib o‘tdilar.