


Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi majlislar zalida Boshqarma boshlig‘i U. Matnazarov va tegishli rahbarlar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan qish mavsumida amalga oshirilayotgan ishlar (avtomobil yo‘llarini saqlash, qordan tozalash, sirpanchiqlarning oldini olish) bo‘yicha “Ochiq Muloqot” bo‘lib o‘tdi.



Ochiq muloqotda tuman tashkilot rahbarlari va texnik nazorat bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi. Muloqot davomida tuman tashkilotlari tomonidan qish mavsumida olib borilayotgan ishlar haqida hisobotlari tinglandi. Muloqot yakunida Boshqarma boshlig‘i tomonidan qor va yog‘ingarchilik kunlari oldidan mashina mexanizmlarini shay holatga keltirib, qum va tuz zaxiralarini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
______________________________
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Avtomobil jolları bas basqarması májilisler zalında Basqarma baslıǵı U.Matnazarov hám tiyisli basshılar qatnasıwında Qaraqalpaqstan Respublikası Avtomobil jolları bas basqarması hám onıń sistemasındaǵı shólkemler tárepinen qıs máwsiminde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar (avtomobil jolların saqlaw, qardan tazalaw, sırǵanaqlardıń aldın alıw) boyınsha “Ashıq sáwbet” bolıp ótti. Ashıqtan-ashıq sabette rayonlıq shólkem basshıları hám texnikalıq qadaǵalaw bólimi qánigeleri qatnastı. Sóylesiw dawamında rayonlıq shólkemler tárepinen qıs máwsiminde alıp barılıp atırǵan jumıslar haqqındaǵı esabatları tıńlandı. Sóylesiw juwmaǵında Basqarma baslıǵı tárepinen qar hám jawın-shashın kúnleri aldınan mashina mexanizmlerin tayar jaǵdayǵa keltirip, qum hám duz rezervlerin jáne de arttırıw boyınsha tapsırmalar berildi.
