Qoraqalpog’iston Respublikasi “Mintaqaviy yo’llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi hodimlariga va pudratchi korxona-tadbirkorlar ishtirokida bosh yuristi U.Rahmanova tomonidan yangi qabul qilingan mehnat kodeksning mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida xodimlarning mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash, qolaversa, ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash borasida ma’lumotlar aytib o’tildi.

