O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024—2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, Nukus shahri hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega 4R176A “Nukus temir yo‘l vokzaliga” avtomobil yo‘lining 0—10-km qismlari oralig‘ida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu yo‘lning 3—4-km qismlarida asfalt-beton yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Asfalt yotqizish ishlari Qipchoq Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat unitar korxonasi tomonidan olib borilib, qurilish ishlariga jami 20 ta maxsus texnika, 40 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.