✅ Qo‘ng‘irot tumanidagi mahallalarda “Open budjet” loyihasi asosida hududlarni obod etish, bu orqali esa aholining ko‘p yillik muammolarini bartaraf etish tadbirlari jadal davom etmoqda.

✅ Xususan, tumandagi “Ko‘kdaryo” OFY ni tuman markazi bilan bog‘lovchi yo‘lning 1 234 metr qismini asfalt qilish dasturga kiritilgan. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi tomonidan ushbu yo‘lning 600 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari bajarildi.
✅ Qurilish ishlariga 10 ta maxsus texnika, 15 nafar ishchilar jalb qilingan bo‘lib, avgust oyi oxirida qurilish ishlari yakunlanishi va mazkur avtomobil yo‘lining foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.