Qonliko‘l tumani “Do‘stlik” MFY hududidagi Gulmurod shoir va Orol ko‘chalarining fuqarolari “Tashabbusli budjet” dasturining 2024-yil 1-mavsumida 1 km 108 metr bo‘lgan ichki ko‘chalarga asfalt yotqizish bo‘yicha berilgan takliflari yuqori ovoz yig‘ib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Bugungi kunda, dastur doirasida qurilish ishlariga 940.5 mln soʻm mablag‘ ajratilib, “KONKRET KAMEN” MChJ tomonidan ushbu ko‘chalarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Asfaltlash ishlarida jami 8 ta maxsus texnikalar, 20 nafar ishchilar qatnashmoqda.