Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan (https://t.me/potrebitel_uz/10050) video murojaatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Ushbu avtomobil yo‘li Davlat ahamiyatidagi 4R173 “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” avtomobil yo‘li bo‘lib, yo‘lining uzunligi umumiy 98 km ni tashkil qiladi. Joriy yilda avtomobil yo‘lining 0-23-km qismida Qo‘ng‘irot tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 895 mln summalik, 81-91-km qismida Mo‘ynoq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 1 mlrd 285 mln summalik joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda Mo‘ynoq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 4R-173 “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” avtomobil yo‘lining 61-81 km qismida ajratilgan mablag‘dan tashqari 3 mlrd summalik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu avtomobil yo‘lining 23-61-km qismi haqiqatan ham achinarli ahvolga kelib qolgan bo‘lib, ushbu qismini ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha 17 mlrd mablag‘ kerak bo‘lib, qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflar kiritish ishlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati