
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Yuqoridagi murojaat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tegishli o‘rganish ishlarini olib bordi. Ushbu avtomobil yo‘li Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi 4N100 “ 4R161 avtomobil yo‘lidan-Aeroport Beruniy” avtomobil yo‘li bo‘lib, yo‘lning umumiy uzunligi 3 km ni tashkil qiladi. Avtomobil yo‘lining ta’mirtalab qismlarini davlat byudjetidan 2025-yil uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini, shu bilan birga, ta’mirlash uchun 2025-yilda qo‘shimcha dasturlarga kiritish bo‘yicha takliflar berilganligini ma’lum qilamiz.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati